Close X
Tadbirkorlar uchun

Ozbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq eksport qiluvchi korxonalarga quydagi soliq imtiyozlar va afzalliklar taqdim etiladi:

  • Qo’shimcha qiymat solig’iga;

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksning 212-moddasiga asosan tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mutasino) oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi, yaniy eksport qilishga mo’ljallangan tovarlar ishlab chiqarish jarayonida moddiy manba uchun qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilinadi.

  • Aksiz solig’i bo’yicha;

Aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig’i solinmaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mutasino (O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 230-modda).

Quydagilarga aksiz solig’i solinmaydi:

- aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O’zbekston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mutasino;

- keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona xududidan olib chiqib ketishli sharti bilan “bojxona xududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aksiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga.

  • Daromad solig’i bo’yicha;

“Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2000y. PF-2613-son Farmoniga asosan eksport qiluvchi korxonalar (hom-ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda solig’i va mulk solig’i stavkasi umumiy sotish xajimida o’zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushga bog’liq xolda qaytariladi:

- eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo’lganida – 30 foizga;

- eksport ulushi 30 va undan ko’roq foiz bo’lganida – 2 marotaba.

Mazkur imtiyozli savdo-vositachilik korxonalariga shunigdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10. 1997y. PF-1871-son Farmonida tasdiqlangan tovarlarni eksport qiluvchi ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq qilinmaydi.

- “To’qimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.03.2011y. PQ-1512-son Qaroriga asosan erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan eksport ulushi 80% va undan yuqori bo’lgan to’qimachilik sanoati korxonalari 1yanvar 2016 yilga qadar mulk solig’Idan ozod qilinadi.

 - Mikro firmalar va kichik korxonalar o’zi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat) larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 % ni majburiy sotishdan ozod etilgan. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011yil 24 avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakillantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisidagi PF-4354-sonli Farmoni).

Amaldagi qonunchilikka muvofiq kichik biznes subyektlariga kimlar kiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 07.04.2014y. №PF-4609

2014 yil 1 iyuldan kichik biznes subyektlari toifasiga kiradiganlar:

Yakka tartibdagi tadbirkorlar;

mikrofirmalardagi xodimlarning o’rtacha yillik soni ishlab chiqarish sohasida bandligi yigirma kishidan ortiq bo’lmagan, xizmat ko’rsatish sohasida va boshqa noishlab chiqarish sohasida o’n kishidan ko’p bo’lmagan, ulgurchi, chakana savdo va umumiy ovqatlanishda besh kishidan ko’p bo’lmagan;

kichik biznes subyektlaridagi xodimlarning o’rtacha yillik soni:

yengil oziq-ovqat sanoati va qurilish materiallari sanoatida bandlik – 200 kishidan ortiq bo’lmagan;

metalni qayta ishlash va asbobsozlik, taxtani qayta ishlash, mebel sanoati - yuz kishidan ortiq bo’lmagan;

mashinasozlik, meatllurgiya, yoqilg’i energiya va kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqish va qayta ishlash, qurilish va boshqa ishlab chiqarish sanoati sohasida – ellik kishidan ortiq bo’lmagan;

fan va ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish va boshqa noishlab chiqarish sohalarida – yigirma besh kishidan ortiq bo’lmagan.

  • Barcha mulik shaklidagi ishlab chiqarish korxonalari o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini olib borish va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni reklama qilish va konsignatsiyaga chiqarish uchun chet-elda savdo uylari va vakolatxonalari ochishga ruxsat berilgan. (VMQ O’zbekiston Respublikasi №189 09.08.2005y.)
  • Konsignatsiyaga chiqadigan mahsulotlarni bank kafolati taminlanmasdan turib yoki eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat qaltisliklaridan sug’urtalash uchun eksportyor tomonidan quydagi eksport shartlari asosida chet-eldagi korxonalarning yuridik manziliga yetkazib berish mumkin.

palata a’zolari – eksportyor tomonidan o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni palataning savdo-investitsiya uylari manziliga;

eksportyorlar tominidan o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni xorijdagi tashkilotning manziliga eksportyorning ulishi kamida 51% ni tashkil etadi.    

vazirliklarning, idoralarning, uyushmalarning yoki kompaniyalarning va shuningdek ularning ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyalari va firmalarining ulishi ustav fondining  kamida 51 % ni tashkil etadigan xorijdagi tegishli korxonalarning manziliga.

AJ «O'zsanoateksport» tomonidan eksportyorlarga ko’maklashish.

AJ «O'zsanoateksport» kompaniyasi mahalliy ishlab chiqaruvchi bilan chet-eldagi xaridorni bog’lab turuvchi bog’ich hisoblanadi, savdo aloqalari orqali ularni birlashtiradi, uchrashuvlar tashkil etadi, xalqaro ko’rgazmalarda uchrashuvlarni tashkillashtiradi. Bizning kompaniya O’zbekistonda ishlab chiqaradigan mahsulotlarni eksport qilishda juda katta tajribaga ega, undan tashqri kompaniya Tashqi Iqtisodiy Aloqalar, Investitsiyalr va Savdo Vazirligiga kiradi va bu o’z navbatida kompaniyani yuqori maqomga egaligini bildirib turadi.

Kompaniyamiz Tomonidan eksportga ko’maklashish dasturi.

  • Eksport qilishdan avval bozorni izlash.
  • Potensial xaridorni izlash.
  • Eksportni kuzatish.
  • Tovarlarni olib kirishda davlatlarning asosiy talablari. 

Eksport qilishdan avval bozorni izlash.

Tashqi bozorni izlash – juda muhim qadam hisoblanadi chunki eksport faolyatining muvofaqiyatligi shunga bog’liq bo’ladi. Yangi mahsulotlarni chiqarishdan oldin hamda eksport qilinayotgan mahsulotlarning bozordagi salohiyatining tahlilini o’z ichiga oladi. Bizning mutaxassislar O’zbekistondagi korxonalarning tadbirkorlik xususyatlarini inobatga olgan holda barcha muhim ma’lumotlarni yig’adi va tahlil qiladi, yaniy quydagilarni inobatga olgan xolda:

  • Mavjud bozor sigmentlari va imkonyatlari.
  • Istemolchilarning xususyatlari va ularning xatti-xarakati.
  • Raqobat, narxlash, reklama va mahsulotlarni sotish.
  • Rivojlanish tendensiyalarini prognozlash va kompaniyaning sotish kanallarini kengaytirish.
  • Narxlar darajasi va sotish hajimi dinamikasining prognozi.

Potensial xaridorni izlash.

Hamkorlarni qidirish – bu mavjud xaridorlar bazasini kengaytirish yoki o’zingizni birinchi xaridoringizni qidirishingizdan qattiy nazar eksport faolyati o’ta muhim va ma’sulyatli ishdir. Til bilishingizdan qattiy nazar yoki bozorda ortirgan tajibangiz, onlayn manbalardan erkin foydalanishingizdan qattiy nazar xaridorlarni ishonchliligini bilib olish juda qiyin. Shuning uchun biz ushbu dasturga quydagilarni kiritdik;

  • Potensial xaridorlar to’g’risida yuridik ma’lumotlar to’plash va ularni tekshirish.
  • Mijozlar to’g’risida ma’lumot bazalarini tayyorlash, ularning to’liq nomlari, yuridik manzillari, ish faolyati va kontaktlarini bilish.
  • Sizning mahsulotingizga qiziqqan hamkorlar bilan muzokaralar o’tkazish.
  • Mahsulotingiz to’g’risida tijorat takliflar, xatlar va boshqa kerakli ma’lumotlar tayyorlash va bu ma’lumotlarni qiziqqan shaxslarga tarqatish.
  • Eksportdan oldin moliyalashtirish imkonyatlarini amalgam oshirish.

    Eksportni kuzatish.

Muvaffaqatli eksport faolyatini profisional yuridik axboratlarsiz amalga oshira bo’lmaydi. Biroq ko’pchilik eksportyorlarda malakali yuridik bo’limlar, logistika bo’limi, marketing bo’yicha tashqi iqtisodiy faolyat mutaxassislarga ega emas. Undan tashqari xar doim xam kompaniyada bunday tizimlarning mavjudligi o’zini moliyaviy oqlayvermaydi. Bu xolda bizning xodimlarimiz quydagi masalalarni xal qilishda ko’maklashishi mumkin:

  • Eksport kontraktlarini tekshirish, tayyorlash va rasmiylashtirish.
  • Mahsulotlarni sertifikatlash va kompaniyada sifatli boshqaruv tizimini joriy etish.
  • Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish bo’yicha maslaxatlar berish.
  • Quydagi xujjatlarga ruxsat olish (veterinariya, fitosanitariya va boshqa sertifikatlar.
  • Chet-elga mahsulotlarni yetkazib berish bo’yicha logistik loyihalarni ishlab chiqish.

Importyor davlatlarga kirib kelayotgan tovarlar uchun asosiy talablar.

Ma’lumki eksport uchun xarajatlarni hisoblayotganda importyor mamlakatlarning import bojlari va soliqlarni inobatga olish kerak. Undan tashqari markirovka, sertifikatlash, qadoqlash va boshqa talablarni inobatga olish kerak. Shuni inobatga olish lozimki bir necha birlashgan davlatlar borki ularda import mahsulotlari uchun maxsus rejim mavjud, undan tashqari ular orasida savdo bilan bog’liq bo’lgan bir necha davlatlararo kelishuvlar mavjud.

Bizning kompaniyamiz yuqorida aytib o’tilgan talablarni inobatga olgan xolda rejimlar to’g’risida to’liq ma’lumotga ega va mahalliy korxonalarning mahsulotlarini eksport qilishda ko’maklashadi.