Close X
Bo'limlar

Marketing va istiqbolli jahon bozorlari konyunkturasini o’rganish bo’limi.

Jahon bozorini tahlil qilish, eksport mahsulotlarining istemolchi xususyatlarini o’rganish, uning raqobatbardoshligi va shungdek eksport mahsulotlarini ananaviy va rivojlanayotgan bozorlarda narxlarni va talablarni prognozlash asosida jamiyatning marketing siyosatini shakillantirishda aniq takliflarni ishlab chiqish.
Tizimni chuqur tahlil qilish, uzoq, o’rta va qisqa muddatlarda tashqi va ichki bozorlar tendensiyalarni rivojlantirish, ayrim mahsulotlar turlarining kesimida, iqtisodiy va siyosiy vaziyatlarni hisobga olgan xolda istiqbollik va samaradorlik eksportbob tovarlarni jahon bozorida sotish.
Hamkor mamlakatlar bilan uzoq muddatli sherikchilik aloqalarni mustahkamlashda to’siq bo’ladigan omillarni aniqlash. Ularni bartaraf etish va munosabatlarni mustahkamlash bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
Reklama faolyatini tashkil etish, xalqaro ko’rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etish, potensial xaridorlarga keng ko’lamda ma’lumotlar yetkazish va savdo bozorlarini kengaytirish.
Respublikaga import qilinadigan mahsulotlarni chuqur marketing tahlili asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqishda aniq takliflar berish, shu jumladan ichki investitsiya salohiyatini oshirish.

Muhandislik va metallurgiya mahsulotlari eksport bo'limi.

Muhandislik va metallurgiya mahsulotlarini eksportini taminlash. «Toshkent qishloq xo’jaligi texnikasi zavodi» AJ, «Agregat zavodi» AJ, «Angren kon-metallurgiya kombinati» AJ, «O’zbekiston qattiq qotishmalar va yuqori harorat metallar kombinati» AJ «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ, «O’zmetkombinat» AJ va boshqa korxonalar tomonidan ishlab chiqaradigan mahsulotlarini eksporti.

Qurilish materiallari eksport bo'limi.

Qurilish materiallarini eksportini taminlash. Ishlab chiqarish korxonalaridan omborlargacha tayyor mahsulotlarini qabul qilish ishlarini tashkillashtirish, samarali saqlash va eksportga tayyorlash.  Lak-bo’yoq mahsulotlari, quruq qurilish aralashmalari, santexnik mahsulotlari, PVX mahsulotlari va boshqa turdagi qurilish mahsulotlarini eksport qilish va shunigdek «Qizilqumsement» AJ «Jizzax sement zavodi» va boshqa korxonalar tomonidan ishlab chiqaradigan mahsulotlarini eksportini ta’minlash.

Kimyo va neft-kimyo mahsulotlari eksport bo'limi.

Bo’limning asosiy vazifasiga kimyo va neft-kimyo mahsulotlarni eksportini amalga oshirish, shuningdek, omborlarda tayyor mahsulotlar zahirasini monitoringini ta'minlash kiradi.
"Maxam-Chirchiq" AJ, "Navoiyazot" AJ, "Farg'onaazot" AJ, "Ammofos-Maxam" AJ, "Dehqonobod kaliy o'g'itlari zavodi" UK, "Qo'ng'irot soda zavodi" UK, "Samarqandkimyo" AJ, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ kabi korxonalar eksporti amalga oshiriladi.