Close X
Bo'limlar

Strategik rejalashtirish va istiqbolli loyhalarni rivojlantirish bo’limi.

Strategik dasturlar, loyihalar va biznes rejalar ishlab chiqish, ularni o’z vaqtida  va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash.
Loyihalarning bosqichma - bosqich amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, qabul qilinayotygan qarorlar va harakatlarning Jamiyat rivojlanish kontsepsiyasi asoslariga mos kelishini boshqarib borish.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun yo’naltirilgan mablaglarni samarali taqsimlanishi va ishlatilishini ishlab chiqish hamda nazorat qilish. Investitsion loyihalarning faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish.

Buxgalteriya va valyuta hisob kitoblar bo’limi.

Nazoratni o’z vaqtida amalga oshirilishi va qonunlarni ta’minlanishi, jamiyatning buxgalteriya hujjatlarini to’g’ri rasmiylashtirish. Jamiyatning moliyaviy-xo’jalik faolyatida majmuaviy iqtisodiy tahlil olib borishda ishtirok etish, hujjatlarni optimallashtirish, moliyaviy siyosat, zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy operatsiyalar boshqaruvini takomillantirish. Qonun doirasida hisobotlarni o’z vaqtida ta’minlash.

Aksiyadorlar bilan korporativ aloqalar o’rnatsih bo’limi.

Korporativ aloqalarni boshqarish. Depozitariyada jamiyatning aksiyalarning harakati va joylashish nazoratini amalga oshirish, aksiyalarni sotib olish va sotish bo’yicha bitimlarni ro’yxatga olish, malumotlarni va qimmatli qog’ozlar bo’yicha yillik xisobotni davlat electron portalida shakillantirish va nashirlash. Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarni umumiy yig’ilishi protokollarini rasmiylashtirishni o’z vaqtida ta’minlash, va emissiya risolalarini va boshqa muhim ma’lumotlar va xisobotlarni taqdim etish.